Uygʻurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uygʻurlar
ئۇيغۇر
Umumiy aholi soni taxminan 25 million
Katta aholiga ega mintaqalar Uygʻurlar 23px-Flag_of_the_Peo Xitoy 18,069,000 [1] Uygʻurlar 23px-Flag_of_Kazakhs Qozog`iston 2.238.000 [2] Uygʻurlar 23px-Flag_of_Kyrgyzs Qirg`iziston 100 000 [1] Uygʻurlar 23px-Flag_of_Uzbekis Oʻzbekiston 500 000 [2]
[3]
Uygʻurlar 23px-Flag_of_Russia. Rossiya 4 000 [3] Uygʻurlar 23px-Flag_of_Turkmen Turkmaniston 3 000 [4] Uygʻurlar 23px-Flag_of_Pakista Pokiston 10,000 Tillar Uygʻur tili
Dinlar Islom Qarindosh etnik guruhlar Oʻzbeklar Uygʻurlar - xalq, XXRdagi SintszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi mil. av. 3—2-a.lardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(turk)larning "chidi"(qizil di — jan. turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shim.da mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 y. Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3a. — mil. 3—4-a.lar) da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-a.larda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-a.ga qadar U. tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-a.dagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.
Qadimda U.ning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabilaurugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. U.ning togʻlik oʻlkalardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646 y. Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. UygʻurUrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-a.da U.ning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-a.da uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.
U. mamlakati qad. madaniyat oʻchoklaridan hisbblanadi; bu hududda koʻplab qad. davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. U. qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-a.lardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qad. uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-a.da Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3a.) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.
Abdulahad Xoʻjayev, Abduxoliq Aytboyev.
Uygʻurlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Xitoyning Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Shu bilan birga Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Oʻzbekistonda va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashashadi. Umumiy soni 8,5 million kishi. (2001). Uygʻur- Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Hozirgi XXR, Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Tili — turkiy tilining janub. — sharq guruhiga kiradi. 15 asrlarda Jetisuvga maʼlum miqdori koʻchirilgan Uygʻurlarni taranchi (dehqon)deb atagan.
Uygʻur hoqonligi[tahrir]

Uygʻurlar 400px-Uyghur_Khagana




Uygʻur hoqonligi (745—840) — Markaziy Osiyoning sharqida turkiy tilli qabilalar barpo etgan oʻrta asrlik mamlakat. Selenga, Oʻrxon, Toʻla daryolarining joqasiga joylashgan. 8 asrning boshlanishida yaglakar urugʻi boshlagan toʻqqiz-oʻgʻiz qabilalar ittifoqi Sharqiy turk hoqonligiga qarshi oʻz mustaqilliklari uchun jang qildi. Asta sekinlik bilan ular bir mamlakat boʻlib tashkil topdi. Yangi mamlakat Uygʻur hoqonligi deb ataldi. 744-yili Sharqiy turk hoqonligining lashkarlari ustidan gʻalaba qozongan ular siyosiy va mudofa kuchlarini ilk bor oʻz qarmogʻiga oldi. Sharqiy turk hoqonligining oʻrniga yangi mamlakat — Uygʻur hoqonligi tashkil topdi. Uning poytaxti — Orxon daryosi yoqasidagi Qorabalasagʻun shahri boʻldi. Ilk hoqoni Peylo (746) boʻldi. Uninh davrida mamlakat hududi Oltoy togʻlaridan Katta Xinganga, Sayan qirgʻoqlaridan janubda Gobi choʻligacha kengaydi. Peylo vafotidan keyin uning oʻgʻli Moʻyinshoʻr taxtga oʻtirdi (746—759). U yanada mamlakatni kengaytirib, Markaziy Osiyo bilan va Xitoy bilan aloqa oʻrnatti. Moʻyinshoʻr Tivani oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. Uygʻur hoqonligi shu darajada kuchaydiki 757 yili Xitoyda Sugʻdlik An Lu-shan boshchiligidagi isyonchilar isyonga chiqqanida Xitoy imperatori Moʻyinshoʻrdan madad soʻradi. Uygʻur hoqonligi turkiyzabon koʻchmanchi qabilalarning ittifoqi natijasida tashkil topgan oʻrta asrlik mamlakat boʻldi. Bosh mansab hoqonning qoʻlida boʻldi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullandi. Shahar, qoʻrgʻon, qishloq barpo etish rivojlandi. Kulolchilik esa rivojlana boshladi. Siriya alifbosi asosida uygʻur alifbosi tashkil topdi. Uygʻurlarning maʼlum miqdori buddizm diniga mansub boʻlsa, 8 asrning oxirlarida manixey diniga koʻcha boshladi. Aytish joizki, xalqning asosiy qismi tangriga sigʻindi. Uygʻur zadagonlarining oʻzaro kurashishlari va qabilalarning isyonga koʻp chiqishi natijasida 8 asrning oxirlarida hoqonlik zaiflashdi. Oxiri 840-yili Enisoyqirgʻizlarining bosqinchiligidan hoqonlik batomom quladi. Uygʻurlarning Oltoy bilan Tarbagʻatoy orasidagi Qarluq hoqonligiga qochdi. Qolgani Sharqiy Turkiston bilan Gansu hududidan boshpana topdi. Uygʻur hoqonligi yuz yilga yaqin Xitoyning Markaziy Osiyoga oʻtishiga toʻsiq boʻldi.



Uygʻurlar